Prezident yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Davlat budjetiga tuşumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinçi yarim yillik uçun belgilangan körsatkiçlarning sözsiz bajarilişini ta'minlaş yuzasidan videoselektor davomida tadbirkorlar muammolariga ham töxtalib ötgan.

«Hozir bizdan tadbirkorlar norozi bölayotgan ikkita masala bor. Yer beriş masalasi va qurilişga ruxsat beriş masalasi.

Biz tepadagilarni olib taşlayapmiz, lekin pastda ötirganlar odamlarni juda norozi qilyapti.

Şuning uçun, biznes ombudsman bu masalada tadbirkorlar manfaati uçun kuraşişi kerak, jar solişi kerak. Jar soliş kerak!»,-deya Prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident tadbirkorlarga qulayliklar yaratiş böyiça takliflar işlab çiqişni körsatma qilgan.

«Ular hali yuqorida bölayotgan jarayondan bexabar. Ular hali ön yil oldingi gap bilan yuribdi: «Menga bermasang, men qöl qöymayman», deydi. Mana şunday tizim haliyam bor Özbekistonda. Buni qanday bölmasin sindiriş kerak. Sindiriş esa oson bölmayapti. Çunki hammasi şunday işlaşga örgangan.

Agar şu balodan ham qutulib olsak, tadbirkorlarga köp yengillik bölardi», degan prezident.