Jahon | 08:59 / 07.04.2019
14259
2 daqiqa o‘qiladi

Parom Braziliyadagi ko‘prikning qulashiga olib keldi

Foto: REUTERS/Fernando Araujo/Agencia Brasil

6 aprelda Braziliyaning Para shtatidagi Moju daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. 

Shtat gubernatori Xelder Barbaloning aytishicha, ko‘prik balandligi 200 metr keladigan markaziy ustuniga parom kelib urilgandan keyin qulab tushgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, daryoga ko‘prikdagi ikki atomobil ham tushib ketgan. Gubernatorning ta'kidlashicha, bunday baxsiz hodisa birinchi marta yuz bermayapti.

“Hozir bizning asosiy vazifa qurbonlarni topish va ularning oilalariga ko‘mak ko‘rsatishdan iborat”, deb aytgan Barbalo.

Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, voqea joyida qayiq ekipajining na biror a'zosi, na hujjatlar topilgan. Hududda favqulodda vaziyat e'lon qilingan. 

Ta'kidlanishicha, Moju ustidan o‘tuvchi ko‘prik mamlakatning fermer tumanlarini shimoliy portlar bilan bog‘lovchi bosh yo‘lda joylashgan. Har kuni u orqali katta miqdorda jo‘xori va soya tashilgan. Ma'lum qilinishicha, ko‘prikning tiklanishiga yillar ketishi mumkin.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid