Jamiyat | 15:35 / 08.04.2019
3037
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi ayrim obektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Getty Images

Chilonzor tumanidagi ayrim obektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hududiy gaz ta'minoti tarmoqlari bo‘limi o‘rta bosimli D-108 mm hajmga ega gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq kamchilikni bartaraf etish maqsadida Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi ayrim obektlarda 9 aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qilgan.

Aholi turar joylari:

4 ta 4 qavatli uyda.

Maishiy-kommunal obektlar:

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining suv havzasida;

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining qozonxonasida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid