O‘zbekiston | 16:44 / 08.04.2019
10503
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya elchixonasi koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini olishda yuridik yordam ko‘rsatadi

Foto: KUN.UZ

1 apreldan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini olishda yuridik xizmat ko‘rsatishni boshladi. 

Elchixona mazkur xizmat doirasida zarur yuridik maslahat hamda fuqarolik olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni tuzish va yig‘ishda maslahat beradi. 

Elchixona turli sabablarga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun hujjat topshirolmagan va fuqarolikni ololmagan koreys vatandoshlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan quyidagi xizmatlarni tashkil etdi:

- fuqarolik olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda maslahat berish; 

- keksa yoshdagilar va imkoniyati cheklangan shaxslarga hujjat topshirishda jismoniy yordam berish;

- fuqarolik olish bo‘yicha konsultativ yig‘inlar tashkil etish.

Yuqoridagi xizmatlardan foydalanish uchun mas'ul yuristlarga murojaat qilish va batafsil maslahat olish mumkin.

Yuridik maslahat ko‘rsatish bo‘yicha yurist: Abdusamadov Alisher.

Manzil: Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 32-uy (mo‘ljal: Irish Pub).

Telefonlar: +998 78 120 4778, +998 90 195 6900, +998 97 703 2377 (Abdusalom).

Maslahat berish vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 9dan 13gacha.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid