Jamiyat | 09:55 / 10.04.2019
22048
2 daqiqa o‘qiladi

FVV: Buxoroda kuchli yomg‘ir tufayli binolar qulashi va fuqarolarning jarohat olishi holatlari kuzatilmadi 

Foto: FVV

Joriy yilning 9 aprel kuni soat 04:00larda boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining «Amirobod», «Hofiz Tanish Buxoriy», «Rohat», «Chorboqoli», «Mirzo G‘ofur», «Havzinav», «Ozod», «Nizomiy», «Tursunoy», «Kamolot», «Tinchlik», «Yangiobod», «Tagband Bofon», «Furqat» «Xo‘ja Porso» ko‘chalari, shuningdek, Buxoro tumani «Sheyxoncha» ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Foto: FVV

Bundan tashqari, «Havzinav» ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, «Bo‘ri Bofon» ko‘chasidagi 23-uy, «Obod» ko‘chasidagi 74-uy, «Rohat» ko‘chasidagi 31-uy, «Ko‘chabog‘» ko‘chasidagi 20-uy, «Toshko‘cha» ko‘chasidagi 80-uy, «Mirzo G‘ofur» ko‘chasidagi 19-uy, «Mustaqillik» ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

Foto: FVV

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Foto: FVV

Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmadi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid