O‘zbekiston | 19:36 / 10.04.2019
5843
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

22—27 aprel kunlari “Forish” tog‘ poligonida Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda. 

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “Forish” poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid