Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning yana bir yuqori lavozimli amaldori iste'foga chiqdi – CNN
Foto: Win McNamee/Getty Images
AQSh chegara xizmati rahbari vazifasini bajarayotgan Ronald Vitello iste'foga chiqdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Vitello bu haqda chegara xizmati xodimlariga maktub orqali ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp Vitelloni doimiy asosda chegara xizmati boshlig‘i etib tasdiqlashdan bosh tortgani bilan bog‘liq.
Vitello o‘z lavozimidan 12 aprelda ketishini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq AQShning ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen iste'foga chiqarilgani sababli 10 aprelda o‘z lavozimini tark etishi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, 9 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh maxfiy xizmati rahbari Rendolf Allesni ishdan olgandi.
Mavzuga oid
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026
Eron AQSh bilan tinchlik muzokaralari doirasida yangi taklif yubordi
20:28 / 01.05.2026