AQŞ davlat departamenti terroristik guruhlar qatoriga yana bir harbiy taşkilotni kiritdi. Eronning diniy rahnamosi oyatullohga böysunuvçi Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi endilikda terroristik guruhlar qatorida tilga olinadi. Bu harbiy taşkilot AQŞ davlat departamentining «qora röyxati»dan 68-bölib joy oldi.

8 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatullohga böysunuvçi islom inqilobi soqçilarini terrorçilik taşkiloti sifatida e'lon qilgandi. Şundan söng AQŞ davlat departamenti (bunday qora röyxatlarni rasmiylaştiriş kabi byurokratik jarayonlar bilan davlat departamenti şuğullanadi) inqilob soqçilarini terroristik guruh sifatida röyxatga oldi. 15 apreldan boşlab AQŞ Eronning eng oliy harbiy tuzilmasini rasman terroristik guruh deb ataydi.

Foto: REUTERS

Hali heç qaçon AQŞ davlat departamenti biror mamlakatning rasman faoliyat yuritayotgan qöşinlarini terroristik taşkilotlar sirasiga kiritmagandi. Bu esa AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlar qay darajada taranglaşganini körsatadi. AQŞ bu qarori bilan Eron terrorçilarning homiysi ekanini yana bir bor ta'kidlamoqçi ekanini aytdi. Xususan, Donald Tramp bu borada şunday dedi: «Eron terrorizmning asosiy homiysi hisoblanadi. Inqilob qöşinlari Eronning quroliga aylangan terrorizmni moliyalaştirişda faol qatnaşadi».

Davlat departamentining bayonotida inqilob qöriqçilari Germaniya, Bosniya, Bolgariya, Keniya, Bahrayn va Turkiyada harbiy harakatlarda qatnaşgani keltirilgan. Xususan, quyidagi operatsiyalar aynan sanaladi:

* 2011 yil AQŞda Saudiya Arabistonining AQŞdagi elçisiga qarşi suiqasd. Operatsiyaning oldi olingan.

* 1996 yil Saudiya Arabistonining Al Xubar şahridagi portlaş. Uning oqibatida 19 nafar amerikalik halok bölgan. Davlat departamentning ma'lum qilişiça, 2018 yilda bu teraktda inqilob soqçilari qöşinlarining aybdorligi isbotlangan.

* 2012 yil Turkiya va Keniyada terakt uyuştirişga tayyorlaniş vaqtida inqilob soqçilari askarlari qölga olingan.

* 2012 yil Germaniyada teraktga tayyorlanayotgan önlab inqilob soqçilari agentlari qölga olingan.

Mayk Pompeo inqilob soqçilari haqida şunday deydi: «Ular rasmiy harbiy struktura niqobiga öranib olişgan. Lekin bunga aldanmasligimiz kerak. Bu taşkilot butun dunyo böylab terroristik operatsiyalarda qatnaşadi». Pompeoning aytişiça, inqilob soqçilari Eron iqtisodiyotining katta qismini nazorat qiladi va ular butun dunyo böylab noqonuniy biznes tarmoqlariga ham ega. Taşkilotning legal va nolegal daromadlari butun dunyoda terrorizmni moliyalaştiriş uçun ketadi, deb aytiladi AQŞ davlat departamenti bayonotida.