Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador sobiq prezidenti Assanjni Britaniyaga topshirgan Morenoni xoin deb atadi
Ekvador sobiq prezidenti Rafael Korrea WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga boshpana berishni rad etgan davlat rahbari Lenin Morenoni mamlakat tarixidagi eng katta xoin deb atadi.
"Ekvador va Lotin Amerikasi tarixidagi eng katta xoin Lenin Moreno Assanjni qo‘lga olish uchun Britaniya politsiyasiga bizning elchixonamizga kirishga ruxsat berdi. Uning bu ishi insoniyat hech qachon unutmaydigan jinoyatdir", - deb yozdi Korrea Twitter’da.
Avvalroq Britaniya politsiyasi Julian Assanj Londonda qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.
Julian Assanj 2012 yildan buyon Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashab kelayotgandi. U 2012 yil 27 sentabr kuni AQShda davlat dushmani deb tan olingan.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025