WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Britaniya politsiyasi saytida xabar berilgan.

O‘z navbatida, Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakatning Londondagi elchixonasida bo‘lib turgan Assanjga boshpana taqdim etish so‘rovnomasi bo‘yicha rad javobi berish haqida qaror qabul qildi.

"Ekvador xalqaro konvensiyalar bir necha marotaba buzilgani uchun Julian Assanjga diplomatik boshpana taqdim etishda rad javobi berish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deya yozgan prezident Twitter’dagi sahifasida.

Bundan oldin, Wikileaks sayti asoschisi Julian Assanj Shvetsiya hukumatidan sud xarajatlarini qoplash uchun 9,25 mln shved kronasi (qariyb 1 mln dollar) berishini talab qilgandi.