Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi aeroport elektron tablosida Oyga reys haqidagi ma'lumot paydo bo‘ldi
Isroilning Tel-Aviv shahridagi David Ben-Gurion nomidagi aeroport parvozlar onlayn-jadvalida Isroilning “Bereshit” koinot qurilmasining Oyga qo‘nishi haqidagi ma'lumot paydo bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, onlayn-tabloda Oyga reys Istanbuldan va Madriddan keluvchi reyslar orasida joylashgan. Koinot qurilmasi Oyga Toshkent vaqti bilan 12 aprel soat 00:00 da qo‘nishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, Oyga qo‘nish vaqti yakuniy emas.
Oyga ekspeditsiya tashkilotchilarining aytishicha, agar qurilma Oyga qo‘na olsa, Isroil Sobiq ittifoq, AQSh va Xitoydan keyin Yerning tabiiy yo‘ldoshiga “yeta olgan” 4-davlat bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:04
AQSh Isroilga o‘z sinfidagi eng ilg‘or F-22 Raptor qiruvchilarini yubordi
14:44 / 24.02.2026
Toshkent xalqaro aeroportida qushlar xavfiga qarshi lochinlar jalb etildi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
19:13 / 16.02.2026