Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur aeroportida dunyodagi eng yirik sun'iy sharshara paydo bo‘ldi (video)
Foto: SS0
Singapurning qatorasiga 7-marta dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topilgan Changi aeroportida yangi pavilon Jewel Changi Airport ochildi. U o‘zidan bog‘, mehmonxona va ko‘plab ovqatlanish va savdo nuqtalaridan iborat 10 qavatli majmuani aks ettiradi.
Pavilonning 5 qavati yer ostida, qolgan 5 qavati yer ustida joylashgan. Unda, shuningdek, dunyodagi eng yirik sun'iy sharshara Rain Vortex, 5 qavatli Forest Valley bog‘i va tomda joylashgan Canopy Park dam olish hududi joylashgan.
Sharshara 40 metrlik balandlikdan oynavand gumbazli tomdagi darchadan tushadi. Konstruksiyani taniqli arxitektor Moshe Safdining Safdie Architecs firmasi muhandislari yaratishgan.
Singapurda tez-tez momaqaldiroqlar bo‘lib, yomg‘ir yog‘ib turadi. Shu sababli mutaxassislar sharsharani undan daqiqasiga 10 ming gallon tezlik bilan yomg‘ir suvi oqa oladigan qilib loyihalashgan. Sharsharadagi suv yomg‘ir suvi bo‘lib, shu sababli obekt Rain Vortex (Yomg‘ir girdobi) deb atalgan.
Oqshom vaqtida sharshara yorug‘lik bo‘yicha rassomlar tomonidan antiqa ko‘rinishda yorug‘lantiriladi. Ushbu tomosha ko‘plab odamlarni to‘playdi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
14:42 / 25.09.2025