22:45 / 13.04.2019
39439

Dunyodagi eng katta samolyot o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi

Foto: Facebook /Stratolaunch

Stratolaunch Systems kompaniyasining ikki fyuzelyajli oltita motorli samolyoti o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi.  

Havo kemasi Los-Anjyeles yaqinidagi aerodromdan havoga ko‘tarilgan.

NASA astrofizigi Tomas Tsurbuxen buni ishlab chiqaruvchilar jamoasi uchun tarixiy voqea deb atadi.

Stratolaunch Systems — Amerika aerokosmik kompaniyasi bo‘lib, koinotga yuklar yetkazib beradigan aviatsion-kosmik tizim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

Eng katta samolyotning qanotlari uzunligi 117 metr, u oltita Boeing 747 dvigateli bilan jihozlangan. 

Foto: Twitter /thejackbeyer
Foto: Twitter /thejackbeyer
Foto: Twitter /thejackbeyer
Top