Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida G2G shaklidagi navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi
Hukumat ishlari va kelajak vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida “G2G” formatidagi navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabariga ko‘ra, ishchi guruhlar quyidagi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdi: davlat apparatining samaradorligini yuksaltirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmini optimallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglardagi mamlakat o‘rnini oshirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlat apparatini raqamlashtirish, milliy strategiyani ishlab chiqish hamda “Aqlli shahar” dasturini amalga oshirish.
Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar ushbu sohalarda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida, shuningdek, texnik maslahat va ko‘mak olish maqsadida BAA ekspertlarini O‘zbekistonga jalb etish, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining BAAga ushbu sohadagi xorijiy hamkasblar tajribasini o‘rganish uchun tashriflarini tashkillashtirish borasida fikr almashdilar. Har bir ishchi guruh tomonidan tadbirlarning batafsil rejasi ishlab chiqildi hamda taklif qilingan mexanizmlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida keyingi ishlarni bajarish uchun strategiya belgilab olindi.
Ishchi guruh yig‘ilishi oxirida yakuniy uchrashuv tashkil etildi, unda tomonlar har ikki mamlakat hukumatlari tomonidan guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirishni markazlashtirish zarurligi haqida kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda BAA tomonidan Hukumat ishlari va kelajak vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy hukumat faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzoladilar.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qilgandi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:04 / 13.12.2025
BAAda ishlayotgan o‘zbekistonliklar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
15:41 / 05.12.2025