Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 aprel kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Hukumat va kelajak işlari böyiça vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari mamlakatda bölib turgan nufuzli delegatsiyani samimiy qutlab, Özbekiston va BAA örtasidagi köp qirrali munosabatlarning izçil rivojlanib borayotganiga yuksak baho bergan.
Joriy yilning mart oyida Abu-Dabi va Dubay şaharlarida bölib ötgan oliy darajadagi sermahsul uçraşuvlar ikki davlat örtasidagi şeriklikni mustahkamlaş va amaliy hamkorlikni kengaytirişda yangi bosqiçni boşlab bergani qayd etildi.
Taşrif yakunida muhim kelişuvlarga erişildi, jumladan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari böyiça salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Ularni töliq amalga oşiriş maqsadida mamlakatimizda tegişli “Yöl xaritasi” qabul qilindi.
Bugungi suhbat davomida davlat taşkilotlari, ilmiy markazlar, yetakçi kompaniya va korxonalar, bank-moliya institutlari darajasida faol muloqot va almaşinuvlarni davom ettiriş muhimligi ta'kidlandi.

Birlaşgan Arab Amirliklarining davlat boşqaruvi va innovatsion rivojlaniş sohasidagi ilğor tajribani joriy etişda özaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mamlakatlarimiz ekspertlari hamkorligida ustuvor yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyiş böyiça aniq takliflar tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Vazir samimiy qabul uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda BAA prezidenti Şayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amirligi hokimi Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muhammad al-Qarqoviy Özbekistonda davlat va jamiyat qurilişi sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, Birlaşgan Arab Amirliklari rahbariyatining mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va şeriklik munosabatlarini izçil rivojlantiriş borasidagi intilişi qat'iy ekanini bildirdi, deyiladi xabarda.












