Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chiqindilarni qayta ishlash, lok-bo‘yoq ishlab chiqarish zavodlari». Finlyandiya Toshkentda ish boshlamoqchi
Toshkent shahar hokimligida Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibining o‘rinbosari Mark Keynyanen boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga oid masalalar muhokama etildi.

Toshkentda Finlyandiyaning konsulligi ochilganligi o‘zaro aloqalar rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ta'kidlandi.
Delegatsiya a'zolari o‘z o‘rnida O‘zbekistonda bir qator davlatlar fuqarolariga 30 kungacha viza olish bekor qilinganini turizmni rivojlantirishda muhim qadam deya ta'kidlashdi.


O‘zaro muloqot davomida savdo-iqtisodiy va turizm sohasidagi munosabatlarning istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkentda ham Finlyandiya tajribasi asosidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasini tashkil etish, lok-bo‘yoq ishlab chiqarish hamda turli sohalar ishiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Mavzuga oid
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026