Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 80 mln so‘mlik ayollar ro‘mollarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi
2019 yil 11 aprelga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Namangan shahri Chorsu mahallasida joylashgan MChJga qarashli binoning yerto‘lasi eshigini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxslar u yerdan fuqaro I.I.ga tegishli umumiy qiymati 80 mln. so‘mlik ayollar ro‘mollarini o‘g‘irlab ketganlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Sanoat mahallasida yashovchi Sh.Sh., Go‘zal mahallasida yashovchi M.U. va Xaqiqat mahallasida yashovchi N.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026