Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar o‘tkazdi
2019 yilning 12 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda konsullik-huquqiy sohada ikki mamlakat o‘rtasida bahsli masalalar mavjud emasligi ta'kidlangan hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, ikki davlat qonunni qo‘llovchi organlari o‘rtasidagi joriy aloqalarga doir masalalar muhokama qilingan.
Migratsiya sohasi, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida protokol imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat manfaatdor organlari o‘rtasida konsullik-huquqiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tartibga soladi.
Muzokaralarda ikki tomondan ham tashqi ishlar, adliya, ichki ishlar, mehnat vazirliklari, bosh prokuratura, chegara xizmatlari konsullik xizmatlari va Ozarboyjonning Toshkent shahridagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:08 / 11.02.2026