Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch tumani FHDYo bo‘limi mudirasi ushlandi. U familiyani o‘zgartirib berish evaziga pul olgan
Illyustrativ foto
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Urganch tumani FHDYo bo‘limi mudirasi M.A. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.Q.ning familiyasini o‘zgartirib berish evaziga dastlab 300 ming so‘mlik kanselyariya mollari va 100 ming so‘m pul olib, keyinchalik shu xizmati uchun yana 500 ming so‘m pul talab qilib, olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
10:52 / 25.12.2025