Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
17 aprel kuni “Samarkand Trans Yexpress” MChJ tomonidan Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar soat 07:00, 09:00 va 11:00dan Samarqandning “Samarqand” shohbekatidan yo‘lga chiqadi. Shuningdek, yo‘lovchilar yo‘nalish bo‘yicha soat 13:30, 16:00 va 18:00larda Toshkentdan Samarqandga qarab yo‘l olishadi. 300 kilometr uzunligidagi ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilar 4,5 soatda manziliga yetkaziladi. Chipta narxi jamiyat tomonidan 25 ming so‘m etib belgilangan.
Mazkur yo‘nalish uchun “Samarkand Trans Express” MChJ tomonidan 3 ta zamonaviy avtobuslar sotib olingan, deya xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
23:04 / 13.06.2026