Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Zelenskiyni saylovdan chetlashtirish to‘g‘risida sudga da'vo arizasi berildi
Oltinchi apellyatsion ma'muriy sudi Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga nomzodlikka ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi da'vo arizasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda advokat va "Ukraina aksionerlar assotsiatsiyasi" jamoat tashkilotidan saylovlarni kuzatuvchi Andrey Xilko ma'lum qildi.
"Sud mening rasmiy kuzatuvchi sifatidagi da'vom bo‘yicha ish ochdi", - deb yozdi Xilko feysbukda.
Advokatning aytishicha, sud majlisi bugun Kiyev vaqti bilan 21.00da bo‘lib o‘tadi.
Ukraina prezident saylovi 31 mart kuni bo‘lib o‘tdi, ammo hech bir nomzod yetarlicha ovoz to‘play olmadi. Saylovning ikkinchi turi 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi davlat rahbari Petro Poroshenko va birinchi tur yetakchisi Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni ikki nomzod Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida debat o‘tkazdi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026