Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukmron partiyasi Istanbuldagi saylovlar natijalari bekor qilinishini so‘ramoqda
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) 20 aprelda markaziy saylov komissiyasiga Istanbul meri lavozimi saylovlari natijalarining bekor qilinishi va takroriy saylov belgilanishi maqsadida saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaganiga qaramay ovoz bergan kishilar ro‘yxatini o‘z ichiga oluvchi yangi shikoyat arizasini topshirdi. Bu haqda partiya rahbari o‘rinbosari Ali Exson Yovuz ma'lum qildi.
Saylovlarda g‘alaba qozongan, muxolif Xalq-respublikasi partiyasidan nomzod Akrom Imomo‘g‘lu 17 aprelda yangi lavozimini bajarishga kirishdi, bu orada saylov komissiyasida ATPning saylovlar natijalarini bekor qilish bo‘yicha shikoyat ariza ko‘rib chiqilmoqda.
Yovuzning aytishicha, prezident farmoni bilan o‘z lavozimidan chetlatilgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan 14 ming 712 saylovchi 31 martda Istanbul meri saylovlarida ovoz bergan.
Imomo‘g‘lu 31 martdagi saylovlarda 48,8 foiz ovoz to‘plab, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yaqin safdoshi, sobiq bosh vazir Binali Yildirimni 0,3 foiz ovoz bilan ortda qoldirgan. ATP da'vosidan keyin saylov komissiyasi bir nechta saylov uchastkalari bo‘yicha ovozlarni qayta sanab chiqqan, biroq bu natijalarning o‘zgarishiga olib kelmagan.
Muxolif Xalq-respublikasi partiyasi 1994 yildan beri ilk bor Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul va poytaxt Anqara ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Partiya nomzodlari, shuningdek, Izmir, Antaliya, Adana, Mersin kabi shaharlarda ham g‘alaba qozonishgan. Biroq umuman olganda saylovlarda hukmron ATP nomzodlari g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026