Bloger Dima Qayum nigohidagi voha manzaralari
Voha xalqi, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Respublikaning boshqa hududlariga yangi kartoshka, piyoz va bir qancha bahorgi poliz ekinlarini yetkazib beradi. Lekin ekin yer maydoni juda katta, ularga ko‘proq ishchi kuchi zarur, deya o‘z taassurotlarini Kun.uz'ga bildirdi bloger Dima Qayum.
Aprelning ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonning turli viloyatlarida bo‘lib qaytgan rishtonlik hunarmand, bloger va «Roshidoniy» xalq kutubxonasi asoschisi Dima Qayum sayohati davomida O‘zbekistonning ko‘pchilikka noma'lum, sirli go‘zalligi va ijtimoiy masalalarni suratlar orqali e'lon qilib bordi.
«Termizda 3 kun yashadim, viloyat markazida muammolar uncha ko‘zga tashlanmaydi. Shahar yanada chiroy ochmoqda, har joyda qurilish va bunyodkorlik. Termiz shahridan Qashqadaryoga yetib borguncha yo‘lning sifati a'lo darajada, atrofda sayyohlar ko‘p. Ularning ko‘pchiligi Hindiston, Pokiston, Afg‘onistondan kelgan musulmon sayyohlardan iborat», — deya qayd etgan u.
Blogerning ta'riflashicha, odamlari mehmondo‘st, baland tog‘lar qurshovidagi Boysun tumanida toza havo va tabiat go‘zalligidan zavqlanish mumkin.
«Machay qishlog‘ida esa, elektr energiyani inobatga olmasak, ahvol 15 asrni eslatadi. Mahalliy aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy transport turi — eshak. Xalqning yordami bilan ikkita maktab, ikkita masjidga 120tadan ortiq kitob hadya qilindi», — deydi u.
Rishtonlik Dima Qayum mahalliy aholining daromadi ko‘p bo‘lmasa-da, 200 kilogacha osh damlab, 2-3 bosh mol, qo‘y so‘yib to‘y qilishi haqida gapirdi. Shunga qaramay, qishloq joylarda, ayniqsa markaziy aholi yashash punktlarida zamonaviylikka intilish yuqoriligini alohida e'tirof etdi.
Suratlar muallifi Dima Qayum
Mavzuga oid
19:44 / 19.11.2024
Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
14:36 / 13.11.2024