Turkmanistonga xorijdan qaytganlar Ashxobod aeroportida soatlab so‘roq qilinayotgani ma'lum qilindi
“Xronika Turkmenistana” nashrining xabar berishicha, Turkmanistonning xorijda bo‘lgan fuqarolari Ashxobod aeroportida so‘roq qilinmoqdalar. Huquq-tartibot idoralari vakillarini fuqarolarning xorijga chiqishi maqsadi hamda ular Turkmanistonni nima sababga ko‘ra tark etganlari qiziqtirmoqda.
Gap, birinchi navbatda, Turkiyaga pul ishlagani borgan mehnat muhojirlari haqida bormoqda. Ular Turkmanistonga qaytganlaridan keyin aksariyati tahdidlar bilan kechayotgan ko‘p soatlik so‘roqlarga tutilmoqdalar,
Muhojirlarga qiziqish Turkmanistonga xorijiy davlatda noqonuniy bo‘lganlik va ishlashga ruxsat yo‘qligi sababli deportatsiya qilingan fuqarolarning ko‘paygani bilan bog‘langan. Turkmaniston migratsiya xizmati bunday fuqarolarni 5 yilga xorijga chiqmaydiganlar ro‘yxatiga kiritadi.
Xorijga pul topgani ketgan turkmanistonliklarning ko‘payishi 2014 yilda mamlakatda yuz bergan iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan bog‘langan. Turkmanistonliklar Turkiyada bir oy vizasiz yura olganlari sababli ushbu davlat ular orasida ishlash uchun jozibador hisoblanadi. Aksariyat muhojirlar esa qonunga zid ravishda xorijda ko‘proq muddatga qoladilar.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024