Jahon | 23:52 / 25.04.2019
12751
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyalik uchuvchilar ermak qilib bo‘sh samolyotni Ruminiyadan Moldovaga uchirib borishdi

Foto: Shutterstock

Gretsiyalik uchuvchilar hazillashib Ruminiya poytaxti Buxarestdan Moldova poytaxti Kishinyovga yo‘lovchi samolyotini uchirib borishdi. 

Blue Bird Aviation aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti uchuvchilari ogohlantirmasdan Moldova havo hududiga kirib, Kishinyov ustida bir necha marta aylanib, respublika aviatsiya idoralari buyrug‘idan keyin poytaxt aeroportiga qo‘ngan. Ularda Moldovaga kelishga ham, Ruminiyadan uchishga ham ruxsat bo‘lmagan. 

Aeroportda Moldova fuqarolik aviatsiyasi idorasi vakillari samolyotni ko‘zdan kechirib chiqishgan, biroq u yerda shubhali narsa aniqlashmagan. Samolyotda ekipajning 4 a'zosi: 3 erkak va bir ayoldan bo‘lak boshqa hech kim bo‘lmagan. Ular ermak qilib Ruminiyadan uchib kelishganini ma'lum qilishgan.

Hodisa yuzasidan tergov boshlangan, samolyot barcha tafsilotlar aniqlanguncha Kishinyov aeroportida qoladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid