02:34 / 25.04.2019
5678

La Liga. "Atletiko" "Valensiya" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Foto: Twitter/Atleti

Ispaniya chempionati 34-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

Turning markaziy o‘yinida "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Maydon egalari safida Morata, Grizmann hamda Korrea 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Gameyro hamda Parexo mualliflik qildi. 

Atletiko – Valensiya 3:2
Gollar: 1:0 – 9 Morata, 1:1 – 36 Gameyro, 2:1 – 49 Grizmann, 2:2 – 77, penalti Parexo, 3:2 – 81 Korrea.

Espanol – Selta 1:1
Gollar: 1:0 – 33 U Ley, 1:1 – 72 Maksi Gomes.

Leganes – Atletik 0:1
Gol: 0:1 – 43, avtogol En-Nesiri.

Levante – Betis 4:0
Gollar: 1:0 – 9 Kampanya, 2:0 – 32, avtogol Moron, 3:0 – 56, penalti Morales, 4:0 – 81 Koke.

Top