Jahon | 20:12 / 26.04.2019
6021
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoyni innovatsiyalarni eng ko‘p o‘g‘irlashda aybladi

AQShning Federal qidiruvlar byurosi direktori Kristofer Rey Xitoy razvedka ma'lumotlarini yig‘ish borasida AQSh uchun eng ko‘p xavf solishini aytdi

“Birorta davlat razvedka ma'lumotlarini yig‘ish borasida Xitoychalik katta ko‘lamli, jiddiy xavf solmaydi. Xitoy innovatsiyalarni korxonalar, universitetlar va tashkilotlardan har qanday yo‘l bilan o‘g‘irlash borasida ilg‘or hisoblanadi”, deb aytilgan Reyning bayonotida. 

Uning ta'kidlashicha, Xitoy go‘yoki “xususiy kompaniyalar” bo‘lgan davlat korxonalari, talabalar, tadqiqotchilar va Xitoy nomidan ishlovchi boshqa sub'yektlar orqali razvedka to‘playdi.

“Bizda iqtisodiy josuslik bo‘yicha har bir soha yoki tarmoqni qamrab oluvchi tadqiqotlar bor, ular muqarrar Xitoyga olib bormoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan FQB direktori. 

U AQSh Xitoyning “yagona nishoni” emasligini, shu sababli boshqa davlatlarda “birgalikda tadqiqotlar olib borish va ma'lumot almashish uchun” AQShning huquqiy masalalar bo‘yicha attashelari borligini qo‘shimcha qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid