Jahon | 18:30 / 28.04.2019
11950
2 daqiqa o‘qiladi

«Bir makon, bir yo‘l» forumi ishtirokchilari 64 mlrd dollarlik 283 ta kelishuv imzoladi

Pekinda «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro hamkorlik forumi nihoyasiga yetdi, deb yozadi Euronews.

Qayd etilishicha, forum ishtirokchilari umumiy qiymati 64 mlrd dollarlik 283 ta kelishuv imzoladi.

«Biz «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusida ishtirok etishdan manfaatdor barcha davlatlarni olqishlaymiz. Xitoy shaffoflik, halollik va ekologik texnologiyalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Biz proteksionizmga qarshimiz va kelgusida ochiq, ekologik va muvaffaqiyatli Ipak yo‘li qurilishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz», - dedi XXR raisi Si Tszinpin.

«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusida qatnashuvchi mamlakatlar quruqlik, havo va dengizda hamda raqamli sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-27 aprel kunlari «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etdi.

Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.  

Shuningdek, Belarus Respublikasi prezidenti, Tojikiston Respublikasi prezidenti, Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston prezidenti «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid