Jamiyat | 14:29 / 29.04.2019
4840
1 daqiqa o‘qiladi
Chilonzorda qariyb 88 mln so‘mlik mebel matolarini o‘g‘irlab ketishdi
2019 yil 24 aprel kuni noma'lum shaxslar Toshkent shahrining Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida joylashgan omborxona eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 87 969 000 so‘mlik mebel matolarini o‘g‘irlab ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon tumani K.Axmedov ko‘chasida yashovchi G‘.T. va Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Sovurtepa mahallasida yashovchi Sh.Yu.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
16:18 / 25.09.2024
Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi «gap qaytargani» uchun o‘quvchini urdi
19:10 / 13.09.2024