Fan-texnika | 13:48 / 30.04.2019
5379
4 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun vertikal video joriy etdi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun videokontentning yangi formati - vertikal roliklar joriy etdi. Endi mualliflar, OAV va reklama beruvchilar portret rejimida olingan videolavhalarni e'lon qilishi mumkin bo‘lib, ular foydalanuvchilar tasmasida vertikal tarzda, yonlaridagi qora hoshiyalarsiz aks ettiriladi. Ushbu yangi formatdan myTarget reklama platformasining barcha mijozlari foydalanishi mumkin.

Xalqaro tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone foydalanuvchilari smartfonlarni 97 foiz holatda, Android tizimida ishlovchi smartfon foydalanuvchilari o‘z smartfonlarini 89 foiz holatda, shu jumladan videoga olish va uni tomosha qilishda vertikal tarzda ushlaydilar.

Vertikal videolavhalar mobil moslamalar ekranida ko‘proq joy egallaydi, shuningdek, ular orqali videokontent foydalanuvchilar tasmasida ko‘proq sezilarli va tomosha qilish uchun qulay bo‘ladi. Natija sifatida video mualliflari va reklama beruvchilar foydalanuvchilardan ko‘proq qayta aloqaga ega bo‘ladilar.

MediaBrix (joriy nomi — Receptiv) mobil reklamasini sotish bo‘yicha platforma tadqiqotlari ma'lumotlariga ko‘ra, vertikal videolardan foydalangan holda amalga oshirilgan reklama kampaniyasi  tomosha qilish vaqtini ko‘paytirishga olib keladi: gorizontal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi 14 foizni, vertikal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi esa 90 foizni tashkil etadi.

“Vezyot” taksi buyurish federal xizmati birinchilardan bo‘lib OKdagi reklama kampaniyalarida vertikal videolar samaradorligini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. “Vezyot” OKda ikkita bir xil videoroliklar bilan reklama kampaniyasini boshlab yubordi: biri vertikal, ikkinchisi gorizontal formatda bo‘ldi. Konversiya ko‘rsatkichlari vertikal formatda yuqori bo‘ldi.

Sergey Milyayev, “Vezyot” xizmati digital-marketing yo‘nalishi rahbari:

Birinchi sinov ko‘rsatishicha, gorizontal videolardan farqli ravishda vertikal holatdagi videolar ko‘proq tanlanadi. Bizning birinchi sinov kampaniyamiz bo‘yicha vertikal videoga oid o‘rtacha CTR 0,71 foizni tashkil etdi. Buning sababi qisman formatning yangiligidadir: foydalanuvchilar o‘z ekranlarida bu kabi videoni birinchi marta ko‘rib, ular albatta bunga qiziqish bildirdilar. Bunda biz iOS va Android moslamalaridagi ko‘rsatkichlarda sezilarli farq ko‘rmoqdamiz: iOS da CTR 5 baravar yuqori bo‘ldi, biroq tomosha qilishda davom etish ulushi, aksincha, Android foydalanuvchilarida yuqori bo‘ldi - foydalanuvchilarning 7 foizi rolikning yarimdan ko‘pini tomosha qilishda davom etdi.

Semen Boyarskiy, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i strategik mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha direktor:

Biz butun jahon bo‘yicha reklama beruvchilar tomonidan portret formatiga ortib borayotgan qiziqishni ko‘rmoqdamiz. “Vezyot” taksi buyurish xizmati bilan olib borilgan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, OK mobil tasmasida vertikal videolarni joylashtirish orqali yanada yuqori CTR va yaxshiroq konversiyalarga erishilmoqda, chunki mazkur format ko‘proq axborot yetkazish imkonini bermoqda va tasmada yanada jozibador ko‘rinmoqda. O‘ylaymizki, Rossiya bozori global o‘yinchilardan tashabbusni tezkor ravishda o‘z ixtiyoriga oladi va biz yangi reklama kampaniyalarini vertikal formatda ko‘rishga muvaffaq bo‘lamiz.

Mavzuga oid