Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
AQSh Minuteman III qit'alararo ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi, deb xabar berdi AQSh HHK global zarba qo‘mondonligi.
Xabarda aytilishicha, raketaning kallak qismi 4,2 ming mil (6,75 ming km atrofida) masofani bosib o‘tgan va Tinch okeanidagi Kvajaleyn (Marshall orollari) atollidagi nishonni urgan.
"Bu sinov dunyodagi biror voqea yoki hududi qarama-qarshilikka javob reaksiyasi emas", - deyiladi global zarba qo‘mondonligi matbuot xizmati tomonidan.
Minuteman III raketalari ma'lumot yig‘ish qurilmalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ular maxsus qurilma bilan jihozlangan bo‘lib, kutilmagan holat yuz berganida raketaga o‘zini-o‘zi yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyruq yuboriladi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026