Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning 8-mo‘jizasi: Dubaydagi betakror go‘zallikka ega bog‘
Dubay nafaqat qimmatbaho va hashamatli mehmonxonalari, balki g‘aroyib, deyarli ertakmonand arxitektura loyihalari bilan ham mashhur. Ana shundaylardan biri Mo‘jizalar bog‘i. U bir necha yil davomida kimsasiz sahroda barpo etilgani, hozir esa dunyodagi eng katta gullar bog‘iga aylangani bilan diqqatga sazovor.
Bu yerda bo‘lganlarning bari bir ovozdan u dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi ekani, uni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa-da ko‘rish kerakligini aytishadi. Mazkur bog‘ bo‘ylab sayr qilish va uning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lishni taklif etamiz.
Bog‘ maydoni – 6,7 gektar. Bu yerga butun dunyodan jami gullarning 50 dan ortiq turlari keltirilgan. Ulardan esa haykal, devor, piramida va minoralar quriladi.

Bog‘ning asosiy bezagi – petuniya (gullari karnaysimon manzarali o‘simlik). Ularni yorongul, koleus, hamishabahor guli va boshqalar to‘ldiradi.

Perimetri bo‘ylab bog‘ga daraxtlar ekilgan.

Bog‘ balandligi 3 metr va 800 metr uzunlikka cho‘zilgan g‘aroyib gullar devori tufayli Ginnes rekordlar kitobiga kirishga ulgurdi.


Parkda ko‘plab installyatsiyalar mavjud. Ulardan eng mashhuri – ko‘plab Yevropa shaharlarida sevilib ulgurgan soyabonlar.


Sug‘orish uchun tomchilab sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bu ham suvni, ham elektr quvvatini tejaydi.



Dizaynerlarning faxri – 10 metrli gulli minora. U inson va tabiat birligining ramzi.



Har yili bog‘dagi o‘simliklar soni ortmoqda. Dizaynerlar esa biror yangi narsa o‘ylab topishdan charchashmayapti.



Mazkur go‘zallikning bari – sahro markazida.

Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026