Samarqand viloyati Past Darğom tumani Şombuloq qişloğida istiqomat qiluvçi birinçi guruh nogironi, 60 yoşli közi ojiz pensioner Gulsara Hasanovadan murojaat kelib tuşdi.

Ma'lum bölişiça, G.Hasanovaning uyi oldidan ötgan ariqni 18 mart kuni qazib, kengaytiriş bahonasida «Çortut» fermer xöjaligi raisi Ğulom Hojimamatovning buyruği bilan ariq ustidagi köprik buzib taşlangan.

G.Hasanovaning farzandlari Rossiya Federatsiyasida mehnat migratsiyasida bölib turişibdi, bu köprikni qayta tiklaş uçun şaroitiyam, imkoniyam yöq.

«Kelgan odam yaxşilik qiliş, yordam körsatiş örniga menga zarar yetkazib ketaveradimi?» — dedi G.Hasanova yiğlamsirab.

Mahalla faollaridan biri, sobiq fermerning hikoya qilib berişiça, bu ariq 2–2,2 metr kenglik va çuqurlikda qazilgan. Holbuki bu ariqdan bor-yöği 50 gektar dala suv içadi. Boz ustiga, ariq yangi qilib qazilgaç, garçi suğoradigan joyning özi bölmasa ham, bir hafta mobaynida ariq töldirib suv haydalgan va suv toşib odamlarning uyini suv bosgan.

Xöp, ariq aholi ziç istiqomat qilayotgan hududda behudaga kengaytirilgan, deyişmoqda. Endi özingiz öylang, biror yoş bola öynab kelib, ariqqa tuşib çökib ketsa nima böladi? Uning xunini kim tölaydi? Holbuki, bu ariq yoş bola u yoqda tursin, katta odamni ham oqizişga qodir bölib turibdi.

G.Hasanovaning aytişiça, u qizi yetovida tuman prokuraturasiga uşbu masala yuzasidan borib, Mutal ismli xodimga uçraşgan. Prokuraturada ularning arizasi qabul qilinmagan. Bu iş bilan tuman suv xöjaligi boşqarmasi şuğullanişini aytgan. «Sizlar vodxozga — Mahmud akaning oldiga ötaveringlar, orqalaringdan yetib boraman», deb aldagan sektor uçun mas'ul prokuratura xodimi. Suv xöjaligi boşqarmasi xodimlari ham «boramiz, dalolatnoma tuzamiz», deb közi ojiz ayaning qöynini puç yonğoqqa töldirib yuborişgan.