Samarqand viloyatining ikki tumanida bosh soliqchi o‘zgardi
Zafar Bolmanovich Sindorov Samarqand viloyatining Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Z. Sindorov 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994 yili Samarqand moliya texnikumi, 1999 yili Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, 2002 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini nazorati bo‘limi ish yurituvchisi lavozimida boshlagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Shuningdek, Eshmurodov Sherzod Sindarovich Bulung‘ur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sh.Eshmurodov 1986 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2008 yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi EHM operatori lavozimida boshlagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024