Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mudhish YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi
5 may kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 65 yoshli X.K. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek, qolgan yo‘lovchilari - haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026