15:24 / 08.05.2019
35940

Jizzaxda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida ko‘rgazmali taqdimot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusining Maktabgacha ta'lim muassasalarida ijrosi hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusidagi ko‘rgazmali taqdimotida Jizzax shahridagi barcha muassasa tarbiyachilari o‘zlari faoliyat olib boradigan guruhlarida o‘tgan mashg‘ulot ishlanmalari va mavzuni yoritishda foydalanilgan ko‘rgazmali qurollar bilan ishtirok etishdi.

Taqdimotda MTM tarbiyachilari , bolajonlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rgazmalar bilan bir qatorda maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklari ishtirokchilarining chiqishlari , musiqa ,raqs, yoshlarni jismonan chiniqtirish , kitobxonlikni targ‘ib qilish yuzasidan sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Jizzax xarbiy xizmatchilarining jangovor tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatgan sahna ko‘rinishlari tarbiyalanib kelayotgan yosh avlod ongida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

“Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalari bo‘yicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan tashkil etilgan ko‘rgazmali taqdimot o‘z maqsadiga erishadi degan umiddaman. Bugungi ko‘rgazmada biz besh tashabbusni aynan maktabgacha ta'lim tizimidan boshlash kerakligini va bu albatta o‘z samarasini berishini yuzaga chiqarishni istadik. Demak, bolajonlarimiz kichik yoshdanoq besh yo‘nalish, jumladan, raqs, rasm chizish va sportda o‘z iqtidorlarini yuksaltirib borishi ular uchun faqatgina foyda beradi.Taqdimotda nafaqat tarbiyachilarning ko‘rgazmali ishlari, balki tarbiyalanuvchilarining qo‘l mehnatlari bilan yaratilgan ijodiy ishlarni ham kuzatish mumkin. Bugungi kunda Jizzax viloyatida 185 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari, 200 dan ortiq nodavlat, xususiy va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasalariga viloyatdagi 111890 nafar 3-6 yoshli bolalardan 46197 nafari qamrab olingan bo‘lib, umummiy viloyat bo‘yicha qamrov 41.3 foizni tashkil etadi. Biz bu bilan chegaralanib qolmay yil yakuniga qadar 3-6 yoshlar bolalarning qamrovini 53 foizga yetkazishni rejalashtirilganmiz”,- deydiJizzax viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Nizomiddin Toshbekov

Tadbirda tarbiyachilar faoliyati ishchi guruh tamonidan o‘rganilib mezon asosida baholandi. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra yaxshi natijalarga erishgan tarbiyachilar oylik ish haqiga ustama haq to‘lash bo‘yicha sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Jizzax shahar maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 11 ta maktabgacha ta'lim muassasalari viloyat hokimligining diplom va sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Top