Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Amerikaning "yo‘lida uchragan barcha narsani qiymalab tashlaydigan" maxfiy raketasi haqida ma'lumot berdi
Pentagon va MRB 2017 yildan buyon Liviya, Suriya, Iroq, Yaman va Somalida portlamaydigan, balki "yo‘lida uchragan barcha narsani qiymalab tashlaydigan" maxfiy raketadan foydalanib keladi, deb yozadi Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishi sir tutilgan bu qurol Hellfire raketasining modifikatsiya qilingan talqinidir. Nashrning yozishicha, R9X raketasi portlamaydi, balki potensial qurbon ustiga tashlanib, avtomobil va binolarni parchalab tashlaydi. Qurolga oltita uzun tig‘ o‘rnatilgan bo‘lib, u nishonga tegishidan biroz oldin chiqadi va "yo‘lida uchragan barcha narsani qiymalab tashlaydi". Raketani "Nindzya-bomba" deb ham atashadi.
Amerika harbiylari bu raketadan kamdan-kam, ma'lum bir sharoitlarda foydalanishadi, deb yozadi gazeta. Xususan, terrorchilik guruhlaridan biri rahbarining joylashgan o‘rni aniq bo‘lib, boshqa turdagi quroldan foydalanish ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda. Nashr manbalarining aytishicha, ushbu quroldan Liviya, Suriya, Iroq, Yaman va Somalidagi operatsiyalarda "o‘n martacha" foydalanilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026