Şarq mamlakatlari xalqlari, xususan bizning yurtdoşlarimiz hayotida bozorlar muhim rol öynaydi. Özbekistonning har bir şahri, har bir tumanining öz bozori bor. Ayrim hududlarda hatto önlab bozorlar bölib, ularda savdo-sotiq, sayru-sayohatning köp asrlik madaniyati şakllanganki, bu ham milliy qadriyatning bir körinişi hisoblanadi.
Bugun e'tiboringizga dunyoning eng yirik va gavjum bozorlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz.
Çatuçak va Damnoyen Saduak — Bangkok, Tailand

15 gektardan köproq maydon va yon atrofdagi köçalarga çözilib ketgan Çatuçak bozori tunu-kun tinim bilmaydi. 9 mingdan 15 mingtagaça turğun va köçma dökonlar orasida boş aylanib qolişi heç gap emas. Bir kunda 200 mingdan ortiqroq odam taşrif buyuradigan bu bozorning aksariyat xaridorlari tomoşaga kelgan turistlardir.
Damnoyen Saduak bozori esa ulkan suzuvçi bozordir. Bangkokni bejizga «Şarq Venetsiyasi» deb aytişmaydi. Bunday şaharda daryo bozori bölişi ham tabiiy. Köçalar örnidagi suvda qayiqlar suzib yuradi va hamma ularda savdo-sotiq qilaveradi.
Misr bozori (Ulkan bozor) – Istanbul, Turkiya

Bu bozor nafaqat Turkiyada, balki dunyodagi eng yirik bozor nomiga da'vogarlik qilişi mumkin. 30 ming kvadrat metr maydonga joylaşgan 4 mingdan ortiq dökonlarda haqiqatdan ham savdo qaynaydi. Bu bozorni bemalol muazzam şaharning osori-atiqalaridan biri deb atasa böladi. Sababi bu bozorga ayrim kunlari 500 mingdan ortiq kişi taşrif buyuradi, bir yillik keluvçilar soni 90-100 mln kişini taşkil qiladi.
Maişiy buyumlar, şirinliklar, kiyimlar... xayolga kelgan va kelmagan hamma narsani xarid qiliş mumkin bölgan bu bozor şaharning 60dan ortiq köçalari böylab kengayib, çözilib ketgan. Qadamba-qadam yiriklaşib borişi tufayli uning içida favvoralar, mehmonxonalar, uylar, restoranlar, masjidlar va hatto qabriston ham bor.
Marokaş bozori – Marokaş




















