Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada saylov qo‘mitasining 500ga yaqin xodimi ovozlarni hisoblashlar davomida vafot etdi
Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligi saylovlardan so‘ng ovozlarni hisoblash davomida vafot etgan saylov qo‘mitasi xodimlarining o‘limiga insult va infarkt sabab bo‘lganligini ma'lum qildi. Bu haqda Strait Times xabar berdi.
Avvalroq Indoneziya saylov qo‘mitasining yuzlab xodimlari ovozlarni hisoblashlar davomida vafot etgani, 2,5 mingdan ortig‘i kasalxonaga tushganligi aytilgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, saylovlardan so‘ng mamlakat bo‘yicha saylov qo‘mitasining 496 nafar xodimi vafot etgan, ularning aksariyati – 131 nafari G‘arbiy Java provinsiyasidan. Vafot etganlar 50-70 yoshda bo‘lishgan.
Indoneziyada 21 aprelda bir vaqtning o‘zida prezident va vitse-prezident, milliy, hududiy parlamentlar, shahar va tuman munitsipal kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalari 22 mayda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
18:38 / 17.02.2026