Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
53 qurbonga 53 ta umrbod qamoq jazosi: Turkiyadagi teraktlar tashkilotchisiga jazo hukmi chiqarildi
Turkiyaning Xatay viloyatidagi Rayhonli shahrida sodir etilgan terakt tashkilotchilaridan biri Yusuf Nozikka qat'iy tartibdagi koloniyada 53 ta umrbod qamoq jazosi berildi. Bunday hukmni Anqara shahrining o‘ta og‘ir ishlar bo‘yicha sudi chiqargan.
Turkiya milliy razvedka tashkiloti xodimlari Nozikni Suriyada 2018 yil sentyabrda ushlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazishgan. U so‘roq vaqtida Suriya maxsus xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilgani va terakt ijrochilari harakatlarini boshqarib turganini tan olgan.
Terrorchining aytishicha, uning buyrug‘i bilan Suriyadan Turkiyaga ikkita mashinada portlovchi modda yetkazilgan. Nozik teraktni “do‘stlari” bilan rejalashtirganini qo‘shimcha qilgan.
2013 yil 11 may kuni Rayhonli shahridagi pochta bo‘limi binosi oldida terakt sodir etilgan. Terakt oqibatida 53 kishi halok bo‘lgandi.
2018 yil 23 fevralda ushbu ish bo‘yicha sudlangan 33 kishidan 9 nafari umrbod, yana 13 kishi 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi olgan.
8 terrorchi, jumladan Yusuf Nozik xalqaro qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
17:20
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026