Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik yo‘li bilan 100 000 dollar olgan shaxs ushlandi
2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanda tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada shu tumanning M.Yusuf ko‘chasida yashovchi G‘.K., Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.M.ga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ixtiyoriga o‘tkazib berishini va'da qilib, undan jami 100 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026