Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning 60 milliard dollarlik mahsulotlariga boj to‘lovi joriy etadi
Xitoy javob chorasi sifatida 1 iyundan boshlab AQShdan kirib keladigan 60 milliard dollarlik mahsulotlarga boj to‘lovi joriy etadi. Bu haqda XXR moliya vazirligi xabar qildi.
"1 iyundan boshlab AQShdan import qilinadigan 60 milliard dollarlik mahsulotlarga boj to‘lovi joriy etiladi", - deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada Vashingtonda Amerika-Xitoy savdo kelishuvlarining navbatdagi raundi natijasiz yakunlandi. 10 maydan boshlab AQSh Xitoyning qiymati 200 milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovi miqdorini 10%dan 25%ga oshirdi. Shu bilan birga AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning yana 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritish haqida topshiriq berdi.
XXR moliya vazirligi xabariga ko‘ra, xususan, 2493 nomdagi mahsulotlarga 25%, 1078 nomdagi mahsulotlarga 20%, 974 nomdagi mahsulotlarga 10% miqdorida boj to‘lovi joriy etiladi, yana 595 nomdagi mahsulotlarga boj to‘lovi avvalgiday 5% miqdorida qoladi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026