Jamiyat | 13:50 / 14.05.2019
6280
1 daqiqa o‘qiladi

Angrendagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

2019 yil 9 may Toshkent viloyatining Angren shahrida yashagan 59 yoshli M.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid