Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik investorlar Qozog‘istondagi zavodni ishga tushirishga yordam berishadi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida paxta tozalash zavodi qurilmoqda. Bu haqda LS xabar berdi.
Tadbirkorlik va sanoatni innovatsion rivojlantirish viloyat boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, korxona Shardarin tumanida joylashgan. 2021 yilga kelib, u to‘la quvvatda ishlaydi.
«896 million tenge (taxminan 2,3 million AQSh dollari) qiymatida bo‘lgan loyiha yiliga 20 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. O‘zbekistonlik investorlar ushbu summaning 30 foizini sarmoya sifatida kiritdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan idoradan.
MDH va Yevropa davlatlariga 3,6 ming tonna paxta eksport qilish rejalashtirilmoqda. Birinchi yetkazib berish ishlari 2020 yilda kutilmoqda.
Avvalroq, mintaqada 83 million tengega yodlangan tuz ishlab chiqarish bo‘yicha bir loyiha amalga oshirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026