Jahon | 09:36 / 15.05.2019
4791
1 daqiqa o‘qiladi

Sudanda harbiy kengash va muxolifat o‘tish davri haqida kelishib oldi

Foto: RIA Novosti / Salix Bashir

Sudan harbiy kengashi va muxolif alyans “Erkinlik va islohotlar uchun” vakillari mamlakatda uch yillik o‘tish davrini o‘rnatishga kelishib olishdi. Bu haqda kengash matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya telekanali xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, muxolifat bilan tarkibida 300 kishi bo‘ladigan qonunchilik kengashini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 

11 aprelda Sudanda davlat to‘ntaruvi amalga oshirildi. Shundan keyin harbiy kengash mamlakatni boshqarishni o‘z zimmasiga olgan, prezident Umar al-Bashir esa hibsga olingan. To‘ntaruvga aholining yonilg‘i, non va un narxining ancha oshishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligidan noroziligi sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid