Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi
Foto: KUN.UZ
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zbek avtotashuvchilari uchun 30 kunga kirish vizasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2017 yil 25 oktyabr kuni imzolangan Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi.
Turkiya prezidenti 9 may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019 yilning 10 mayidan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
13:59 / 12.02.2026