Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

2020 yilning 1 yanvaridan boşlab, milliy haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan fuqarolar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarning yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaşning quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibi joriy etilişi mumkin:

yil boşidan yöl harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovçilariga muayyan jarima bali berib boriladi;

agar transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun yil mobaynida (1 yanvardan 31 dekabrga qadar) töplagan jarima ballarining umumiy miqdori ön ikki ballga yetsa yoki undan oşsa, u haydovçilik huquqidan mahrum etiladi;

ön ikki yoki undan yuqori jarima bali töplagan haydovçining xohişiga qarab unga qayta imtihon topşiriş imkoni beriladi, imtihondan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, yil yakuniga qadar uç jarima baliga teng limit beriladi;

ön ikki yoki undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etgan, şuningdek qayta imtihonni topşira olmagan haydovçilar sud tomonidan örnatilgan tartibda yil yakuniga qadar transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etiladi.

Belgilab qöyilişiça:

milliy haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş borasidagi qöşimça çora hisoblanadi;

milliy haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan fuqarolar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarning yöl harakati qoidabuzarliklari uçun jarima ballari Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan hisoblab boriladi;

haydovçiga nisbatan transport vositasida yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima ballarining qöllanişi, şuningdek, ballarning umumiy miqdori ön ikki yoki undan ortiq balga teng bölganda haydovçilik guvohnomasidan mahrum etiş uni qonunda nazarda tutilgan asosiy jazodan ozod etmaydi;