Ikki farzandini o‘z uyiga kiritmagan otaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2018 yil 26 yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan, da'vogar fuqaro D.D. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan javobgar fuqaro A.D.ning yashash manziliga kiritish yuzasidan 2018 yilning 15 fevral kungi ijro varaqasi mavjud, deb ma'lum qildi respublika MIB matbuot xizmati Kun.uz’ga.
Aytilishicha, javobgar A.D. ijro hujjatini o‘ziga berilgan va belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda, uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmaganligi uchun 2018 yilning iyun oyida O‘zbekiston MJtKning 198/1-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Biroq u bundan xulosa chiqarmasdan, ijro hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, sobiq turmush o‘rtog‘i D.D. va 2 nafar voyaga yetmagan farzandining uyga kiritilishiga to‘sqinlik qilib kelgan.
“Joriy yilning aprel oyida mazkur holat yuzasidan javobgar A.D.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 232-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi MIB xabarida.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024