Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik va davlat xizmatidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishi va izchil mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochgani alohida ta'kidlandi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Suhbat so‘ngida davlatimiz rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga joriy yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Mavzuga oid
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
20:51 / 16.10.2024
Qozog‘iston BRICS a’zosi bo‘lishdan bosh tortdi
17:06 / 06.10.2024
Qozog‘istonda AESni xalqaro konsorsium qurishi kerak – To‘qayev
14:28 / 02.10.2024