Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi.
Davlat rahbari muloqotda Qosim-Jo‘mart To‘qayevga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, qardosh Qozog‘iston xalqining tinch-osoyishta hayoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti hamda mazmunli muzokaralar yuqori darajada tayyorlangani va o‘tkazilgani, ular tufayli ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi sur’at kasb etganini alohida ta’kidladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, investitsiyaviy faoliyat, shu jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasida kengaymoqda, energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda istiqbolli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi va boshqa mexanizmlar doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
08:19 / 05.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdi
08:18 / 05.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
20:20 / 04.06.2026